Uchrashuv davomida tomonlar xorijiy mamlakatlarda geologiya-qidiruv ishlari va geologik tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Muzokaralar yakunida kelgusi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu kelishuv ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi va geologiya sohasida xalqaro loyihalarni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.