Uzbek Overseas Geology Company
Telegram
Instagram
Facebook

Xizmatlar

Burg'ulash operatsiyalari

Zamonaviy asbob-uskunalar yordamida turli maqsadlar uchun quduqlarni burg'ulash

Muhandislik va geologik tadqiqotlar

Xavfsiz loyihalash va qurish uchun geologik sharoitlarni har tomonlama o'rganish

Geologik qidiruv ishlari

Foydalanuvchi uning maqsadini tushunishi uchun xizmatning qisqacha tavsifi
  • 0
    Hamkorlar
  • 0
    Xodimlar
  • 0
    Loyihalar
  • 0
    Hamkor davlatlar

Bizning missiyamiz

Biz tabiy salohiyatni ochishga intilamiz, atrof-muhit va jamiyat manfaatlariga maksimal hurmat bilan yondashamiz. Bizning missiyamiz – foydali qazilmalarni topish bilan cheklanmay, balki geologik qidiruvning har bir bosqichiga innovatsion yondashuvlarni joriy etishdir. Maʼlumot yigʻishdan tortib modellashtirish va tahlilgacha – biz zamonaviy texnologiyalardan foydalanamiz, bu jarayonlarni aniqroq, xavfsizroq va samaraliroq qiladi. Barqaror rivojlanish bu biz uchun shunchaki trend emas, balki kelajak avlodlar oldidagi masʼuliyatdir.

25 yillik tajriba

Bizning geografiyamiz

Osiyo bo'ylab UOGC operatsiyalari

Yangiliklar

Barcha yangiliklar
“UZBEK OVERSEAS GEOLOGY COMPANY” MChJ hamda “Navoiyuran” DK vakillaridan iborat delegatsiya Mo‘g‘ulistonda
“UZBEK OVERSEAS GEOLOGY COMPANY” MChJ hamda “Navoiyuran” DK vakillaridan iborat delegatsiya Mo‘g‘ulistonda

Xizmat safari davomida “UZBEK OVERSEAS GEOLOGY COMPANY” MChJ direktor o'rinbosari Avzal Mirabdullayev “Mon Аtom” davlat kompaniyasi vakillari bilan suhbatlashib, 2026-yil davomida Mo‘g‘uliston hududida uranga istiqbolli bo‘lgan maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Xususan, joriy yil aprel oyida Hukumatlar o‘rtasida kutilayotgan yig‘ilishda ikki davlat Kon-geologiya vazirligi hamda tashkilotlari o‘rtasida strategik kelishuvni imzolash hamda strategik kelishuvga muvofiq, O‘zbekiston “UZBEK OVERSEAS GEOLOGY COMPANY” MChJ va “Mon Аtom” davlat kompaniyasi o‘rtasida xizmat ko‘rsatish shartnomasini imzolagan holda uranga istiqbolli bo‘lgan maydonlar bo‘yicha zarur hujjatlar to‘plamini, xususan, geologik va ekologik loyihalarni ishlab chiqish, zarur bo‘lgan sertifikatlar, maʼlumotlarni jamlagan holda Mo‘g‘ulistonni litsenziya beradigan masʼul tashkilotiga hujjatlarni topshirishga kelishib olindi. Aprel oyida bo‘ladigan yig‘ilish doirasida Strategik kelishuv va Xizmat ko‘rsatish shartnomasi imzolanib, “Monatom” davlat kompaniyasi ko'magida yuqorida aytib o‘tilgan loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi hamda kerakli litsenziyalarni olish uchun masʼul tashkilotlarga topshiriladi. Shu bilan birga, rasmiylashtirilishi kutilayotgan litsenziyalarga asosan geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun Mo‘g‘uliston hududida faoliyat yuritadigan burg‘ulash va geofizika kompaniyalari bilan ham shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Joriy yilda tegishli litsenziyalarni rasmiylashtirish hamda Mo‘g‘uliston hududida uranga istiqbolli bo‘lgan maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Dastlabki ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga muvofiq, dastlabki bosqichda ajratilgan maydonlarda to‘liq kompleksda 60 000 metrga yaqin burg‘ulash ishlarini olib borish kutilmoqda. Dastlabki ishlar natijasiga muvofiq ushbu maydonlarning potensial zaxiralari miqdori aniqlanib, keyingi bosqichlar uchun aniqlashtirilgan geologiya-qidiruv ishlari dasturi ishlab chiqiladi.

34
O‘zbekiston va Afg‘oniston geologiya sohasida strategik hamkorlikni boshladi
O‘zbekiston va Afg‘oniston geologiya sohasida strategik hamkorlikni boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va tog‘-kon sanoati vazirligi hamda Afg‘oniston Islom Amirligining Tog‘-kon sanoati va neft vazirligi o‘rtasida yangi hamkorlik kelishuvi imzolangan edi. Mazkur kelishuv doirasida Afg‘oniston hududida joylashgan Muhammad-Jandagar, Shamar va Ahmadobod bloklarida uglevodorod qazilmalarini qidirish hamda keng ko‘lamli geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ko‘p bosqichli muzokaralardan so‘ng, “Uzbek Overseas Geology Company” Afg‘oniston hududida uglevodorod, temir va mis qazib olish uchun litsenziyani qo‘lga kiritdi. Bugun Balx viloyati hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mavlaviy Nurul Xodi Abu Idris boshchiligida “Uzbek Overseas Geology Company” MChJ korxonasi bosh direktori Xayitboy Omonov ishtirokida Afg‘oniston Islom Amirligining Tog‘-kon sanoati va neft vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamkorligida Muhammad-Jandagar, Shamar va Ahmadobod bloklarida uglevodorod qidiruv ishlariga rasman start berildi va rahbarlar ishtirokida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyiha ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, mintaqada energetika xavfsizligini ta’minlash, investitsion muhitni yaxshilash va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Tomonlar kelgusida ham geologiya va tog‘-kon sanoati yo‘nalishida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

2
Afg‘oniston va O‘zbekiston uglevodorod seysmik qidiruv ishlarini boshladi
Afg‘oniston va O‘zbekiston uglevodorod seysmik qidiruv ishlarini boshladi

Avval xabar berganimizdek, Balx viloyati hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mavlaviy Nurul Xodi Abu Idris boshchiligida, kompaniya bosh direktori Xayitboy Omonov ishtirokida Afg‘oniston Islom Amirligi Tog‘-kon sanoati va neft vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik doirasida Muhammad-Jandagar, Shamar va Ahmadobod bloklarida uglevodorod qidiruv ishlariga rasman start berildi. Mazkur loyiha Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik iqtisodiy sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan bo‘lib, mintaqaviy barqarorlik va energetik xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim amaliy qadam sifatida baholanmoqda. Tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan rasmiylar ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, yaqin qo‘shnichilik va manfaatli hamkorlik tamoyillari izchil rivojlanayotganini alohida ta’kidladilar. Tadbir davomida Balx viloyati rahbariyati, Konchilik va neft vazirligi mutasaddilari, “Uzbek Overseas Geology” kompaniyasi rahbariyati hamda Turkiyaning “Safir Drilling” kompaniyasi vakillari neft va gazga istiqbolli deb baholanayotgan Muhammad-Jandagar investision blokida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu hududda 600 kv.km maydonda 2D seysmik qidiruv tadqiqotlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu ishlar zamonaviy geofizik uskunalar va ilg‘or texnologiyalar asosida olib boriladi. Mutaxassislar jalb etilgan maxsus texnikalar, yuqori aniqlikdagi seysmo-geofizik jihozlar imkoniyatlari bilan tanishib, 1-profil bo‘ylab qidiruv ishlarini boshlash uchun ramziy tugmani bosdilar. Shu tariqa, mazkur loyiha nafaqat sanoat salohiyatini oshirish, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy infratuzilmani rivojlantirish va investisiyaviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

53
O‘zbekiston–Pokiston hamkorligi: Tog‘-kon va geologiya sohasida yangi istiqbollar
O‘zbekiston–Pokiston hamkorligi: Tog‘-kon va geologiya sohasida yangi istiqbollar

Islomobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Pokiston biznes forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “HRL Group” kompaniyasi raisi Zohid Rafiq bilan uchrashuv o‘tkazdi. “HRL Group” kompaniyalar guruhi qurilish, tog‘-kon sanoati va energetika sohalarida faoliyat yurituvchi yirik xalqaro korxonalardan biri hisoblanadi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston tajribasini qo‘llagan holda Pokiston hududidagi mis, oltin va o‘ta muhim minerallar konlarida qo‘shma geologiya-qidiruv ishlarini olib borish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ushbu uchrashuvlar doirasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi “HRL Group” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri maslahatchisi B.Narmatov va “Uzbek Overseas Geology Company” MChJ bosh direktori X.Omonov muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladilar. Ushbu kelishuv O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tog‘-kon va geologiya sohalaridagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

42
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston Islom Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida “Uzbek Overseas Geology Company” MChJ rahbariyati hamda Pokistonning PMDS kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston Islom Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida “Uzbek Overseas Geology Company” MChJ rahbariyati hamda Pokistonning PMDS kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar xorijiy mamlakatlarda geologiya-qidiruv ishlari va geologik tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Muzokaralar yakunida kelgusi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi va geologiya sohasida xalqaro loyihalarni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

35
Surxondaryoda yangi sanoat markazi: xalqaro hamkorlik va iqtisodiy o‘sishga yo‘l ochayotgan “UOGC Termiz branch” MChJ loyihasi
Surxondaryoda yangi sanoat markazi: xalqaro hamkorlik va iqtisodiy o‘sishga yo‘l ochayotgan “UOGC Termiz branch” MChJ loyihasi

Surxondaryo viloyatida sanoat salohiyatini oshirish, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan navbatdagi yirik loyiha amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-yanvardagi “Afg‘onistondagi mineral-xomashyo resurslarini hamkorlikda o‘zlashtirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida “Uzbek Overseas Geology Company” MChJga Termiz erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi berildi. Mazkur qaror asosida kompaniya tomonidan filial yoki shu‘ba korxona tashkil etish uchun yer maydonlari o‘rganildi. Taqdim etilgan hujjatlar va belgilangan koordinatlarga asosan umumiy maydoni 2,43 gektarni tashkil etuvchi hududning 2 gektar qismi ochiq auksion savdolariga chiqarildi. O‘tkazilgan auksion yakunlariga ko‘ra, “Uzbek Overseas Geology Company” MChJ g‘olib deb topildi. Natijada kompaniyaning Termiz shahridagi shu‘basi “UOGC Termiz branch” MChJ nomi bilan tashkil etildi va rasmiy ravishda “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi faol ishtirokchisiga aylandi. Bugungi kunda “UOGC Termiz branch” MChJ tomonidan erkin iqtisodiy zona hududida yirik investitsion loyihalar qurilishi boshlab yuborilgan. Xususan, granit plitalar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qaratilgan zamonaviy sanoat majmuasi barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Kuni kecha Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov, Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri maslahatchisi B.Narmatov va “Uzbek Overseas Geology Company” MChJ rahbariyati va xodimlari “Termiz” erkin iqtisodiy zonasida bo‘lib, mazkur loyiha doirasida qurilishi rejalashtirilgan bo‘sh maydonlar bilan tanishdilar. Loyihaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish quvvatlari va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Ushbu loyiha nafaqat hududiy sanoatni rivojlantirish, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham muhim hissa qo‘shadi. Xususan, granit mahsulotlari ishlab chiqarish orqali import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hajmi oshiriladi, eksport salohiyati kengayadi hamda qo‘shimcha valyuta tushumlari ta’minlanadi. Shu bilan birga, loyiha doirasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi aholining bandligini oshirishga xizmat qiladi. Rejalarga ko‘ra, zavodning ishga tushirilishi 2026-yilning uchinchi choragiga mo‘ljallangan bo‘lib, u Surxondaryo viloyatini respublikaning muhim sanoat markazlaridan biriga aylantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

44

Savollar va javoblar

Kompaniya nima ish bilan shugʻullanadi?

Kompaniya xorijda foydali qazilmalarni qidirish va baholash bo‘yicha geologik tadqiqotlar olib boradi.

Qaysi mamlakatlarda ishlaysiz?

Biz Osiyo, Afrika va boshqa hududlarda hamkorlarimiz so‘roviga asosan loyihalarni amalga oshiramiz.

Siz maslahat xizmatlarini taklif qilasizmi?

Ha, biz geologiya va konchilik bo‘yicha maslahat xizmatlarini taqdim etamiz.

Siz bilan qanday bogʻlanish mumkin?

Rasmiy veb-sayt yoki “Aloqa” bo‘limida ko‘rsatilgan elektron pochta orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Savollaringiz bormi?

Bog`lanish
Text to speech